Bekor qilish shartlari

Pul mablagʻlarining qaytarilishi va uning miqdori — buyurtma sayohat boshlanishidan qancha muddat oldin bekor qilinganiga hamda safarning qaysi bosqichdaligiga bogʻliq.

Pulni qaytarish muddati va uning aniq foizlari har bir buyurtma uchun alohida belgilanadi hamda bron tasdiqnomasida koʻrsatiladi. SAYO platformasida yagona umumiy jadval mavjud emas, chunki qaytariladigan mablagʻ miqdori yo'nalish uzunligi, xizmat koʻrsatuvchi (provayder) turi va bekor qilish paytida safarga doir tayyorgarliklar qaysi bosqichga yetganiga qarab farqlanadi.

Bronni bekor qilish kerak bo'lsa, SAYO ilovasidagi broningizga o'ting yoki biz bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'laning.